Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yanvar oyi oxirida noma’lum shaxs Navro‘z mahallasi, Samarqand ko‘chasida joylashgan “Hamkorbank” Yangiyo‘l filiali binosi derazasiga o‘rnatilgan panjarani buzib, ichkariga kirishga urindi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi
U ichkariga kirayotganda signalizatsiya ishlab ketib, noma’lum shaxs hech narsa ololmay, voqea joyidan yashirinadi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Quyichirchiq tumani, Yangihayot mahallasida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan D.Iskandarov sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.
Izoh (0)