Britaniya hududida kimyoviy qurol qo‘llashga buyruqni bevosita Rossiya prezidenti Vladimir Putin bergan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
“Uning qarori bilan Britaniya ko‘chalarida, Yevropada Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ilk bor asab-falaj moddasi qo‘llangani ehtimoli yuqori deb hisoblaymiz”, — dedi Jonson.
O‘z navbatida, Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti nomi Skripal ishi munosabati bilan tilga olinishini “shokka soluvchi va diplomatiya nuqtai nazaridan kechirib bo‘lmas holat” deb baholadi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya rasmiylari Solsberi shahrida 4-mart kuni GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi uchun mas’uliyatni Rossiya zimmasiga yukladi. Javob chorasi sifatida mamlakatdan rossiyalik 23 diplomatni chiqarib yuborish va Moskva bilan oliy darajadagi aloqalarni muzlatishga qaror qilindi.
Izoh (0)