Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘idagi shosseda falastinlik yigit avtomobilida Isroil armiyasi askarlari guruhiga borib urildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi va yana ikki kishi jarohat oldi. Jabrlanganlar vertolyotda Petax-Tikva shahridagi tibbiy markazga yetkazildi. Ulardan biri og‘ir holatda, ikkinchisi o‘rta darajada jarohat olgan.
The Jerusalem Post nashriga ko‘ra, hujum qilgan shaxs — 26 yoshli falastinlik voqea joyidan yashirindi, biroq ko‘p o‘tmay qo‘lga olindi. U yengil yaralandi va so‘roqdan so‘ng kasalxonaga yetkazildi.
Isroil mudofaa armiyasi mazkur hodisani terakt deb baholadi. Haydovchi yo‘lda askarlarni ko‘rib, mashinasini qasddan ular tomonga burgan.
Izoh (0)