Samarqand shahrida 15-mart kuni qor yog‘di. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda videoxabarlar qoldirilgan.
“O‘zgidromet” markazi avvalroq 15-mart kuni mamlakatning aksariyat hududlarida qor aralash yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.
2018-yilning marti nisbatan iliq boshlandi, biroq oyning ikkinchi o‘n kunligi havo haroratining sovishi va yog‘ingarchiliklar bilan boshlandi. Navro‘z bayrami arafasida harorati yana ko‘tarilishi kutilmoqda.
Izoh (0)