Buyuk Britaniya Rossiya bilan oliy darajadagi har qanday ikki tomonlama munosabatlarni to‘xtatadi, shu jumladan, mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning taklif etilishini bekor qiladi. Bu haqda Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Rossiyalik sobiq harbiy Sergey Skripalning zaharlanishi bilan bog‘liq ish tafsilotlarining oshkor bo‘lishi Britaniya hukumati rahbarining bunday qaroriga turtki bo‘ldi.
Shuningdek, 23 nafar rossiyalik diplomat mamlakatdan chiqarib yuboriladigan bo‘ldi.
Izoh (0)