Iroq ko‘ngilli askarlari Suriya hududidagi IShID terrorchilik tashkilotining jangarilariga nisbatan zarba berganliklarini ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Shialardan tashkil topgan Iroq ko‘ngilli askarlari IShIDga qarshi kurashda Iroq armiyasi bilan yonma-yon turib jang qilmoqda.
“9-mart kuni razvedka ma’lumotlariga tayangan holda bizning chegaradagi bo‘linmalarimizga hujum uyushtirishni rejalashtirayotgan Al-Atshan qishlog‘idagi jangarilarga qarshi minomyotlar vzvodi zarba berdi”, — deyiladi xabarda.
Iroqlik askarlarning ta’kidlashicha, amalga oshirilgan zarba ushbu hududdagi terrorchilarning to‘g‘ridan to‘g‘ri “yuragi”ga borib tekkan. Qishloq Suriyaning Raqqa viloyatida, mamlakatning Iroq bilan chegarasi yaqinida joylashgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)