Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ilk bor mamlakat federal politsiyasi rahbarligiga ayol kishini tayinladi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
CBC telekanaliga ko‘ra, Brenda Laki 1986-yildan beri politsiyada xizmat qilib keladi. U sobiq Yugoslaviyada tinchlikparvar kuchlar tarkibida bo‘lgan, Gaitida BMT missiyasi uchun politsiyachilarni o‘qitishga yordam bergan.
Laki joriy yil aprel oyi o‘rtalarida lavozimini egallashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 8-mart kuni Yevropolga ilk bor ayol kishi rahbar etib tayinlangani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)