Vladimir Putin Rossiya va AQSh o‘rtasidagi o‘zaro ayblovlarni “hech qayerga eltmaydigan yo‘l” deb atadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Donald Tramp birinchi marotaba prezidentlik muddatida faoliyat olib borayotganiga qaramay, u barcha narsani tez o‘rganmoqda va biz o‘zaro bir-birimizni ayblashimiz — hech qayerga eltmaydigan yo‘l ekanligini juda yaxshi tushunib turibdi”, — deydi Rossiya prezidenti.
Putinning qo‘shimcha qilishicha, Donald Tramp tajribali odam bo‘lib, o‘zi bilan hamkorlik qilayotganlarga hurmat ko‘rsatadi.
Izoh (0)