Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi 1,5 milliard kVt∙soatgacha bo‘lgan miqdorda yetkazib beriladi, deb yozadi “O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati.
“Savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida hukumatlararo komissiya majlisi bayonnonomasi bandlarini bajarish bo‘yicha ishchi komissiya yig‘ilishi davomida Tojikiston Respublikasi Energetika va suv xo‘jaligi vazirligi bilan Tojikistondan O‘zbekiston Respublikasiga 2018-yil vegetatsiya davrida o‘zaro foydali texnik-iqtisodiy shartlar bo‘yicha 1,5 milliard kVt∙soatgacha bo‘lgan miqdorda elektr energiyasini yetkazib berish to‘g‘risida kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Tojikistondan O‘zbekistonga 2018—2019-yillarning qishki mavsumida elektr energiyasini yetkazib berish qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)