Chempionlar Ligasida ketma-ket ikki bor zafar quchgan Madridning “Real” klubi, endi qatorasiga uchinchi chempionlik uchun qadam tashladi.
Guruh bosqichida “Tottenhem”dan keyin ikkinchi bo‘lib qolgan madridliklar, chorak finalda PSJ bilan to‘qnash kelib, Madriddagi ilk o‘yinda 3:1 hisobida zafar quchgandi. Tomonlarning Parijdagi o‘yinida ham Zidan shogirdlari ustunlik qildi — 2:1. O‘tgan o‘yinda bo‘lgani kabi bu safar ham Krishtianu Ronaldu raqib darvozasiga yo‘l topdi. G‘alaba goli esa Kazemiro tomonidan urildi.
Krishtianu Ronalduning dubli sabab “Real” birinchi o‘yinda “PSJ” ustidan zafar quchdi
Har ikki jamoa safida 1 tadan yo‘qotish bor edi. Mezbonlar asosiy futbolchi Neymar xizmatidan foydalana olmagan bo‘lsa, xorvatiyalik Luka Modrich “Qirollik klubi”ga yordam bera olmadi.PSJ bir yil avval Ispaniyaning boshqa bir jamoasi “Barselona” bilan raqobatlasha olmagandi. Endi esa La Liganing amaldagi chempioni “Real” unga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi.
Chempionlar Ligasi Nimchorak final 6-mart, seshanba
Izoh (0)