Melburnning “Viktori” va “Siti” jamoalari o‘rtasidagi derbi — futbol bo‘yicha Avstraliya chempionatidagi eng asosiy qarama-qarshilik. 2-mart kuni bu ikki jamoa o‘rtasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda “Viktori” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq kamida yana bitta ko‘p gol urishi kerak edi, deb yozadi Meduza.
O‘yin asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda “Siti” darvozaboni raqib jarima maydonchasigacha bordi, biroq to‘pni oldirib qo‘ydi. “Viktori” yarim himoyachisi Jeyms Troysi bo‘sh darvoza oldida yakka o‘zi qoldi, biroq uni to‘g‘ri nishonga ola bilmadi. Mana, vaziyat qanday bo‘lganini o‘zingiz tomosha qiling: