Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finali uchun Madridning “Real” klubi ilk qadamlarni tashladi.

Foto: Google Images

“Santyago Bernabeu” stadionida Fransiya chempionatining yetakchisi bo‘lib turgan “PSJ”ni qabul qilgan “Qirollik klubi” irodali g‘alabaga erishdi. Hisob parijliklar tomonidan ochilganiga qaramay, keyinroq “Real” uch bor muvaffaqiyat qozondi. Gollarning ikkitasi Krishtianu Ronaldu tomonidan urildi.

“PSJ” bir yil avval “Barselona” to‘sig‘idan o‘ta olmagandi. Parijda kataloniyaliklar ustidan 4:0 hisobida zafar quchgan Unai Emeri jamoasi, mehmonda 1:6 hisobida yengilib, xalqaro maydon bilan xayrlashgandi. Oradan bir yil o‘tib, Ispaniyaning boshqa bir grandi “PSJ”ni nimchorak final bosqichida qoldirib ketishga yaqin turibdi. Javob o‘yini 6-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar Ligasi

1/8 final

14-fevral, chorshanba

“Real Madrid” — “PSJ” 3:1

Gollar: Adriyen Rabyo, 33 (0:1). Krishtianu Ronaldu, 45-pen (1:1). Krishtianu Ronaldu, 83 (2:1). Marselo, 86 (3:1).