Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Parlament komissiyasi yig‘ilishida 2018-yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari dastur va loyihalarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 17,7 milliard so‘m miqdorida qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari hamda hajmlari ko‘rib chiqildi. “Uchinchi sektor” subyektlarining dastur va loyihalariga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar miqdori o‘tgan yilga nisbatan 1,4 barobarga oshganligi ta’kidlandi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan yoshlar sog‘lig‘ini reabilitatsiya qilish shart-sharoitlarini yanada yaxshilashga ko‘maklashish, aholining ekologik madaniyatini, fuqaro muhofazasi sohasida bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlik, yaqin qo‘shnichilik, teng huquqli va o‘zaro manfaatli xalqaro aloqalarni mustahkamlashda davlat organlari bilan hamkorlikni kuchaytirishga 3 milliard so‘mlik davlat ijtimoiy buyurtmalari taqdim etiladi.
Umuman, 2018-yilda davlat tomonidan NNT va OAVlarining 280 ta dastur va loyihasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularni amalga oshirishda mingdan ortiq fuqarolik jamiyati instituti ishtirokini ta’minlash belgilandi.
Izoh (0)