• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Deputatlar turizm, sud tizimini rivojlantirish va xalqaro munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar qonun ustuvorligini ta’minlashga va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga, sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi. Bu haqda palata axborot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Qonunchilik palatasi axborot xizmati

    Foto: Qonunchilik palatasi axborot xizmati

    Shuningdek, deputatlar turizm industriyasini jadal rivojlantirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

    Deputatlar o‘z ishini Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdan boshladi.

    Ayni paytda respublikada uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida 157 ming nafardan ortiq xodim va xizmatchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, sadoqat bilan bajarilgan mehnatni rag‘batlantirish maqsadida qonun loyihasida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilgan kun – 18 aprelni uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilash taklif etilmoqda.

    Shundan keyin deputatlar “Umumjahon pochta ittifoqining Ustaviga To‘qqizinchi qo‘shimcha bayonnomani (Istanbul, 2016-yil 6-oktabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.

    Qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatga Umumjahon pochta ittifoqining Ustavidan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlarni amalga oshirish, xalqaro tashkilotlarda o‘z manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, Umumjahon pochta ittifoqiga a’zo mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga, shuningdek, yangi texnologiyalar va andozalarni qo‘llagan holda sifatli, samarali va xavfsiz pochta aloqasi xizmatlarini barqaror rivojlantirishni davom ettirishga xizmat qiladi.

    Shuningdek, “Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti Ustavini (Boku, 2015-yil 26-noyabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

    Mazkur hujjatning qabul qilinishi, qonun chiqaruvchilarning fikriga ko‘ra, ushbu sohalarda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, O‘zbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi yutuqlarini keng targ‘ib qilishga, mamlakatning islom tamaddunidagi buyuk rolini yoritishga, respublikaning qadimiy tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Ustavning kuchga kirishi bilan Toshkent islom universiteti huzuridagi ISESCO Maxsus kafedrasining to‘laqonli faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

    So‘ngra deputatlar Soliq kodeksining 356-moddasiga kiritilayotgan tuzatishni muhokama etishga kirishdi. Xalq noiblarining ta’kidlashicha, kiritilayotgan qo‘shimcha elektron tijorat infratuzilmasini joriy etishni hamda turistik xizmatlarni onlayn-bronlashtirish va turistik mahsulotlarni internet orqali sotish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi turistik faoliyat subyektlari sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

    Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda maromiga yetkazish doirasida tahririy tuzatishlar kiritildi. Rossiya, Belarus va Gruziya kabi xorijiy mamlakatlar tajribasi takroran o‘rganildi. Shuningdek, parlament fraksiyalarining takliflari va tavsiyalari hisobga olindi.

    Ularning fikriga ko‘ra, ushbu qonunning qabul qilinishi mazkur sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligini oshirishga, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish yo‘li bilan oshirishga, turistik xizmatlar narxini pasaytirishga, raqobatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

    Shundan so‘ng deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga kirishdi. Mazkur hujjat jinoyat sudi ishlarini yuritishni jiddiy tarzda o‘zgartiradi, sud protsessiga videokonferensaloqa tizimini joriy etish orqali odil sudlovdan foydalanishni kengaytiradi.

    Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi huzurida Bosh prokuratura, Oliy sud vakillaridan, ekspertlar va mutaxassislardan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruh tomonidan mamlakatning amaldagi qonun hujjatlari va xorij tajribasi takroran o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasining yaqinda qabul qilingan Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslari qoidalari hisobga olindi.

    Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatadiki, videokonferensaloqadan jinoyat sudi ishlarini yuritishda yanada haqqoniyroq guvohlik ko‘rsatmalarini olish hamda ozodlikdan mahrum etish joylarida bo‘lgan shaxsning protsessda ishtirokini ta’minlash maqsadida foydalaniladi. Kiritilayotgan tuzatishlar sud himoyasiga bo‘lgan huquqni amalga oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.

    Deputatlar siyosiy partiyalar fraksiyalarining nuqtai nazarini inobatga olgan holda ushbu qonun loyihalarini qabul qildi. Majlisda parlament Qonunchilik palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

    06.03.2018, 23:20   Izoh (0)   6321
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Poytaxt ko‘chalari qorong‘uligi uchun tanqid qilingan “Toshshaharnur” jurnalistlarni sudga berishi bilan tahdid qildi

    06.03.2018, 23:08

    Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Germaniya elchisi bilan muloqotda bo‘ldi

    06.03.2018, 22:54

    O‘zbek mehnat migrantlariga kreditlar, navbatdagi lavozimdan ketishga majbur bo‘lgan Lola Karimova-Tillayeva, Suriyada qulagan rus samolyoti va kunning boshqa muhi...

    06.03.2018, 21:47

    Xayriya aksiyasi. Qoraqalpog‘istonlik Dostonbek saxovatpesha insonlardan yordam kutmoqda

    06.03.2018, 18:40

    7-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

    06.03.2018, 17:36

    Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida Nexia haydovchisi jarohat oldi

    06.03.2018, 17:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH razvedkasi Obamani Rossiyaning saylovlarga aralashgani haqidagi soxta ma’lumotlarni tarqatishda aybladi

    Dunyo | 19 iyul, 21:15

    Yevroittifoq Ukraina orqali Rossiyaga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — OAV

    Dunyo | 19 iyul, 20:40

    “Manchester Siti” futbolchisi o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda

    Sport | 19 iyul, 20:15

    Tramp steyblkoinni dollar bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    Dunyo | 19 iyul, 20:12

    G‘azoda binolarning 88 foizdan ortig‘i Isroil tomonidan vayron qilingan

    Dunyo | 19 iyul, 19:40

    Maduro Salvador prezidentini deportatsiya qilingan venesuelaliklarni qiynoqqa solishda aybladi

    Dunyo | 19 iyul, 19:10

    Isroil va Suriya o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

    Dunyo | 19 iyul, 18:45

    Sun’iy yo‘l notekisliklari xavfsizlikni ko‘zlab o‘rnatilganmi yoki muammo tug‘dirish uchun?

    O‘zbekiston | 19 iyul, 18:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.