Dam olish kuni kutilmaganda vafot etgan “Fiorentina” sardori Davide Astori bilan bir umrlik shartnoma imzolandi.
4-mart kuni florensiyaliklar “Udineze”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kerak edi. Shu o‘yin uchun safarga chiqqan klub “Udine” otelidan qo‘nim topdi. Davide Astori esa tunda uxlagani bo‘yicha, qaytib uyg‘onmadi. Unga yurakning to‘xtab qolishi tashhisi qo‘yildi.
“Fiorentina”ning 31 yoshli sardori Davide Astori mehmonxonadan o‘lik holda topildi va A seriyaning bugungi o‘yinlari bekor qilindi
Astori “Udineze”ga qarshi o‘yindan keyin “Fiorentina” bilan shartnomasini uzaytirishi kerak edi. Bu borada ikki tomon o‘zaro kelishib ham olgandi. Biroq futbolchiga bu kunni ko‘rish nasib qilmadi. Shunday bo‘lsa-da, “Fiorentina” marhum sardori bilan bir umrlik bitim imzolashga qaror qildi. Unga ko‘ra, Astorining ayoli hamda qizi endilikda uning maoshini olib turadigan bo‘ldi.Shuningdek, Davide to‘p surgan “Kalyari” hamda “Fiorentina” klublari 13-raqamli futbolkalarni uning nomiga abadiylashtirdi. Ya’ni, bu raqamlar endi boshqa futbolchilarga berilmaydi.
Izoh (0)