Rossiya liberal-demokratik partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzod Vladimir Jirinovskiy “Birinchi kanal”dagi telemunozaralar chog‘ida saylovchilarga tatar tilida murojaat qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Bizda turk tilli xalqlar bor, ular uchun prezidentning nafaqat rus, balki tatar, boshqird va boshqa tillarda ham gapirishi qiziq bo‘lsa kerak”, — dedi liberal-demokratlar yetakchisi.
Shundan keyin u tatar tilida gapirib, turk tilli xalqlardan unga ovoz berishni so‘radi.
Shu bilan birga, Jirinovskiy maktabda mahalliy tillarni o‘rganishni ixtiyoriy qilish mumkinligini ta’kidladi. “Rossiya fuqarosi ikki-uchta davlat tilini o‘rganishga majbur emas. Men hatto chet tillarni ham majburiy bo‘lmagan fan qilib qo‘ygan bo‘lardim”, — deya aniqlik kiritdi u.
Izoh (0)