Global iqlim isishi va u bilan bog‘liq jarayonlar sayyoraning qutb va shimoliy hududlariga bahor kelishini tezlashtirdi. Ayni paytda bahor Arktikaga 10 yil avvalgiga qaraganda 20—30 kun erta kelmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Olimlarning ta’kidlashicha, bahorning dastlabki kunlarida harorat 10 yil avvalgiga qaraganda tezroq ko‘tarilmoqda. Global iqlim isishiga nisbatan eng zaif hududlardan biri bo‘lgan Arktikada o‘rtacha harorat so‘nggi yillarda 6—7 darajaga ko‘tarilgan.
Olimlarning qayd etishicha, muzlarning erishi jiddiy va Yer iqlimi uchun o‘nglab bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga olib keladi. Isishning asosiy oqibatlari iqlim mintaqalari chegarasining va ularga bog‘liq bo‘lgan flora va faunaning o‘zgarishi, shuningdek, bahor va yilning boshqa fasllari kelishi vaqtining o‘zgarishi bo‘ladi.