Ukrainada gaz yetishmasligi tufayli 6-martga qadar barcha ta’lim muassasalari yopildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mazkur qaror 1-mart, payshanba kuni Ukraina mudofaasi va milliy xavfsizlik kengashi inqiroz shtabi majlisida qabul qilindi.
“Biz maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va OTMlar 6-martga qadar yopildi. Ushbu muassasalarda harorat me’yordagiga nisbatan past ekanligi inobatga olindi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, sovuq va Rossiya tomondan gaz transport tizimida bosimning pasayishi tufayli Ukrainada gaz bo‘yicha 15—20 million kubometrga yaqin nobarqarorlik yuzaga kelgan.
Izoh (0)