Kiyev huquqni muhofaza qilish organlari 400 kishini aldagan ikki firibgar ayolni qo‘lga oldi. Ayollar uch yilgacha qamalishi mumkin, deb yozmoqda “Korrespondesnt.net”.
Firibgar ayollar besh oy davomida internet orqali ishlab, o‘zini ijara beruvchi sifatida tanishtirgan. Shartnoma imzolanganidan keyin mijozlar birinchi oy uchun ijara pulini to‘lagan, manzil bo‘yicha kvartiraga kelganda esa u yerda hech kim bo‘lmagan.