Turkiya Suriyada amalga oshirilayotgan “Zaytun novdasi” harbiy operatsiyasi davomida 41 nafar harbiy xizmatchini yo‘qotdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Nuriddin Joniqli ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vestnik Kavkaza”.
Vazirga ko‘ra, Ozod Suriya armiyasi yo‘qotishlari soni 116 kishini tashkil etdi.
“Zaytun novdasi” operatsiyasi natijasida 615 kvadrat kilometr maydon jangarilardan ozod qilingani bildirilmoqda.
Izoh (0)