Global Petroleum Pricess xalqaro reyting agentligi dunyo mamlakatlarida sotuvda bo‘lgan benzin narxidan kelib chiqib davlatlar reytingini tuzdi.
Ro‘yxatga Venesuela yetakchilik qilgan bo‘lib, ushbu mamlakatda benzin narxi 1 sentni tashkil etadi. Undan keyingi pog‘onalardan Sudan (34 sent), Kuvayt (35 sent), Eron (36), Misr va Jazoir (37 sent) o‘rin oldi.
Ro‘yxatning oxirini Islandiya (2,08 dollar), Gonkong (2,02 dollar) va Norvegiya (2 dollar) band etgan.
2018-yilning 26-fevralidagi ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur ro‘yxatdan 55-o‘rinni egallagan. O‘zbekistonda bir litr benzin narxi 96 sentga teng. Mintaqaning boshqa mamlakatlari esa ro‘yxatning yuqorirog‘idan joy olgan: Turkmaniston 8-o‘rin, (43 sent), Qozog‘iston 15-o‘rin (55 sent), Qirg‘iziston va Afg‘oniston 22-o‘rinda bo‘lishib turibdi (65 sent). Tojikiston ro‘yxatga kiritilmagan.
Rossiya esa reytingning 27-pog‘onasini band etdi (bir litr benzin 73 sent).
Global Petroleum Prices’ning aniqlik kiritishicha, bu kabi ko‘rsatkichlar mamlakatlardagi benzinning tannarxiga emas, balki har bir davlat bozoridagi soliqqa tortishning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq.