“O‘zbekiston pochtasi” joriy yil 15-martidan boshlab pochta aloqasi xizmatlariga yangi tariflar joriy etdi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mamlakat ichida 20 grammgacha bo‘lgan pochta jo‘natmalarini yuborish uchun quyidagi tariflar o‘rnatildi:
Oddiy xat-xabarlar — 650 so‘m;
Buyurtmali xat-xabarlar — 1300 so‘m;
Oddiy banderol — 650 so‘m;
Oddiy mayda paket (100 grammgacha) — 800 so‘m.
Tarif va xizmatlarning to‘liq ro‘yxati barcha pochta aloqasi korxonalari, bo‘limlari va jamiyat saytida mavjud.