Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Navoiy viloyatiga amalga oshirgan tashrifi doirasida Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari va Zarafshon shahri jamoatchiligi vakillari, oqsoqollar, yoshlar, tadbirkorlar bilan muloqot qilgani haqida xabar berilgandi.
Suhbatda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar, yon qo‘shnilarimiz bilan do‘stona aloqalar faollashayotgani, odamlarni ish bilan ta’minlash, eng chekka Tomdi tumanida suv manbalarini topish hisobiga aholi farovonligini oshirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi kabi masalalar haqida so‘z yuritildi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Shavkat Miziyoyev Tomdi, Uchquduq, Konimex va Zarafshon yoshlari uchun zamonaviy kutubxona bunyod etish va ular ixtiyoriga 4 ta Isuzu rusumli avtobus berilishi bo‘yicha topshiriq bergan. Shuningdek, Uchquduq tumanida eng zamonaviy talablar darajasidagi maktabgacha ta’lim muassasasi quriladi.
Izoh (0)