Kecha — 1-mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi bellashuvlari rasman start oldi.
Chempionatning birinchi o‘yinida mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv” Navoiyda “Qizilqum” ustidan yirik g‘alabaga erishdi — 3:0. O‘tgan mavsum to‘purari Marat Bikmayev mavsumning ilk goliga mualliflik qildi.
“Championat.asia” nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Lokomotiv” ketma-ket 9 ta o‘yindan buyon “Qizilqum”ni taslim qiladi. Shularning so‘nggi 7 tasida Navoiy klubi “temiryo‘lchilar” darvozasiga yo‘l topa olmagan. Oxirgi 6 ta o‘yinda esa Marat Bikmayev raqib darvozasiga gol urgan.
Kunning ikkinchi o‘yini Farg‘onada o‘tib, “Neftchi” Qarshining “Nasaf” klubini qabul qildi. Mazkur bellashuvni MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov ochib berdi.MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Superliga o‘yinini ko‘rish uchun Farg‘onaga, sport vaziri Isroilov esa Navoiyga bordi
Vitse-chempionga qarshi saf tortgan “Neftchi” futbolchilari 0:0 hisobida durang o‘ynashga erishdi. Uchrashuvdan keyin farg‘onaliklar ustozi Sergey Kovshov durangdan xursand ekanini, “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev esa natijadan ko‘ngli to‘lmaganini qayd etib o‘tdi.
O‘zbekiston Superligasi 1-tur bellashuvlari 1-mart, payshanba
“Qizilqum” — “Lokomotiv” 0:3
Gollar: Marat Bikmayev, 33 (0:1). Ikrom Aliboyev, 57 (0:2). Sardor Mirzayev, 90 (0:3).“Neftchi” — “Nasaf”
2-mart, juma“Paxtakor” — “So‘g‘diyona” 20:003-mart, shanba“Buxoro” — “Qo‘qon-1912” 18:00“Bunyodkor” — AGMK 20:00
4-mart, yakshanba“Metallurg” — “Navbahor” 15:30
Izoh (0)