Xitoyda erini o‘lgan deb gumon qilgan ayol uni o‘likxonaga yubordi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: Depositphotos

Hodisa Xitoy markazidagi Xubey provinsiyasi Shiyan shahrida yuz berdi. Xuan sharifli erkakda oshqozon saratonining oxirgi bosqichi aniqlangan. 26-fevral tongida uni uyg‘otishga harakat qilgan rafiqasi buning uddasidan chiqa olmagan. U erini kechasi vafot etgan deb hisoblab, dafn etish xizmatini chaqirdi, ular erkakni o‘likxonaga yetkazdi.

Bir necha soatdan so‘ng jasadni ko‘mishga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘likxona xodimlari erkakning og‘zi va barmoqlari sezilar-sezilmas titrayotganligini payqadi. Uning yurak urishini tekshirgan xodimlar “o‘lik” hali tirik ekanligiga ishonch hosil qildi.

O‘likxona xodimlari tez yordamni chaqirdi, biroq shifokorlar yetib kelgunga qadar erkak vafot etdi.