Amerikalik aktrisa, rejissor, prodyuser va qo‘shiqchi Barbara Streyzand 2017-yilda o‘lgan itini klonlashtirganini tan oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Streyzandning aytishicha, hozirda u boqayotgan uchta itning ikkitasi bir yil oldin o‘lgan 14 yoshli Samanta laqabli Koton-de-Tulear nasliga mansub itning klonidir.
“Ular tabiatan har xil. Ularga Samantaning jigar rang ko‘zlari va jiddiyligi o‘tganini ko‘rish uchun katta bo‘lishlarini kutyaoman”, — deydi aktrisa.
Streyzandning ma’lum qilishicha, klonlashtirish uchun to‘qimalar itning og‘zi va oshqozonidan olingan.
Qayd etilishicha, klonlashtirilgan kuchukchalar boshqalardan ajralib turishi uchun aktrisa ularga qizil va binafsha rang kiyim kiydirib qo‘ygan.
O‘z kiyimi rangiga ko‘ra, kuchukchalar Miss Skarlett va Miss Vayolet laqabini olgan.
Izoh (0)