Germaniyaning Borken shahrida yashovchi ayol sochini juda kalta qilib kesgani uchun o‘z sartaroshi ustidan politsiyaga shikoyat qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ayolning shikoyatiga ko‘ra, sartarosh uning sochini kelishilganidan 20 santimetr ko‘proq kesgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ehtiyotsizlik natijasida tan jarohati yetkazish aybi bilan jinoyat ishi ochishga majbur bo‘lgan. Sartarosh gumonlanuvchi sifatida so‘roq qilinmoqda.
Izoh (0)