Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan Sevaraxon Abdujalilova (ism-familiya o‘zgartirilgan) unga uylanishni istamagan 1994-yilda tug‘ilgan Javohir Eshmatovning jiyanini 27-fevral kuni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Sevaraxon Abdujalilova ilgaridan yaqin munosabatda bo‘lib yurgan Javohir Eshmatov unga uylanishdan bosh tortganligi sababli qasd olish maqsadida uning akasini mazkur tumandagi “Barkamol avlod” tashkilotining binosida joylashgan bog‘chadan ta’lim oluvchi 2011-yilda tug‘ilgan Asalxon Botirova ismli farzandini aldov yo‘li bilan o‘g‘irlab ketgan.
Olingan tezkor ma’lumotlarga asosan tuman IIB xodimlari tomonidan Abdujalilova va Botirovalarni Bo‘stonliq tumani Chorbog‘ qo‘rg‘onida ekanligi aniqlanib, 27-fevraldan 28-fevralga o‘tar kechasi jinoyatchi qo‘lga olingan.
Asalxon Botirova ota-onasiga topshirilgan.
Sevaraxon Abdujalilovaga nisbatan Bekobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (odam o‘g‘irlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Agarda sud jinoyatchini aydor deb topgudek bo‘lsa, u besh yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Izoh (0)