Tinch okeanining janubiy qismida 3-fevraldan 22-fevralgacha “Gita” kuchli sikloni yuzaga keldi. Yangi Zelandiya hududi bo‘ylab o‘tgan kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar ko‘plab binolar va elektr uzatish tarmoqlariga shikast yetkazdi, ba’zi joylarda suv toshqinlari yuz berdi, Kenterberi vodiysida esa haqiqiy tosh oqimi paydo bo‘ldi, deb yozadi National Geographic.
Tog‘ jismi daryoni eslatib, shiddat bilan “oqmoqda”. Kuchli tosh ko‘chkisi sakkizta fermani qo‘shni shahardan ajratib, yo‘lni kesib o‘tgan.
Geologlar mazkur holatda grauvakka (tuproqli qumtoshning bir turi) harakatlanayotganligini taxmin qilmoqda. Tashqi kuchlar ta’sirida tosh o‘zini suyuqlikdek tuta boshlaydi.
Video Rakaiya daryosi yaqinida olingan bo‘lib, bu joy norasman Terribly Gulley “Dahshatli jarlik” deb nomlanadi.
Izoh (0)