AQSh poytaxti Vashington shahrida ofisda ishlovchilarning dam olishi uchun mo‘ljallangan kafe ochildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Kafe “Qayta quvvatlanish” deb nomlanadi va Oq uydan bir kvartal narida joylashgan. Bu yerga ish kunining istalgan vaqtida tashrif buyuruvchilar to‘qqiz dollar evaziga 20 daqiqaga mizg‘ib olishi mumkin. Mijozlar uxlashi uchun kafeda yumshoq o‘rindiqlar mavjud. Ular ko‘zlariga lavanda hidi anqib turuvchi bog‘ichlar bog‘lab oladi. Kafeda esa sokin musiqa yangrab turadi.
Izoh (0)