O‘zbekiston 2018-yilda meva-sabzovot tarmog‘idagi eksport mahsulotlari hajmini 30 %ga oshiradi. Bu 1 million 230 tonna mahsulot uchun 1 milliard dollar demakdir (2017-yilda 918 085 tonna uchun $665,9 million dollarni tashkil etgandi). Bu haqda “O‘zbekoziqovqatxolding” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
1-mart kuni gilos va o‘rikning eksport bahosi ma’lum qilinadi. O‘zbek gilosi dunyodagi boshqa raqobatchi davlatlar yetishtiruvchilarinikidan 2—3 hafta oldin pishadi. 2017-yilda 270 ming tonna gilos yetishtirilgan, 30 ming tonnasi eksport qilingan edi. Joriy yilda birinchi marta xalqaro andozalar asosida bir martalik idishlarda qadoqlanib, kalibrlanadi. Qadoqqa “Uzagro” milliy brendi yorlig‘i yopishtiriladi. Mahsulotni yetkazib berish vaqtida mevaning saqlanish muddatini uzaytiruvchi hech qanday kimyoviy konservantlardan foydalanilmaydi.
Joriy yilda O‘zbekistonda meva-sabzavot ekinlarini yetishtirish uchun yirik xalqaro riteyl kompaniyalari taklif qilindi. Ular ishtirokida turli mamlakatlarning talabgir xaridorlariga har xil assortiment va hajmdagi mahsulotlar yetishtirib beriladi. Bunday yondoshuv rossiyaliklarning meva-sabzovotlarga bo‘lgan barcha ehtiyojlarini kerakli darajada qondirish imkonini beradi.
Izoh (0)