Odamlar Marsga 20 yildan keyinoq joylashishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda britaniyalik astronavt Tip Pik aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Uning fikricha, bunda muhim rolni kosmik tarmoqdagi xususiy kompaniyalar o‘ynaydi. Xususan, astronavt Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan Falcon Heavy og‘ir eltuvchi raketasining parvozi koinotni o‘zlashtirishdagi yangi davrni boshlab berdi, deb hisoblaydi.
Shuningdek, Pik ishonch bildirishicha, odamlar yashaydigan Oy yaqinidagi stansiyani yaratish bo‘yicha xalqaro loyiha fazoni yanada tadqiq etish masalasida muhim hodisa bo‘ladi.
“Biz koinotni o‘zlashtirish bo‘yicha yangi davrga o‘tyapmiz. O‘ylaymanki, bu (Marsga joylashish) 2030-yillar oxirida yuz beradi”, — dedi astronavt.
Izoh (0)