Olti nafar isroillik tadqiqotchidan iborat jamoa Negev cho‘lida to‘rt kunlik “Mars ekspeditsiyasi”ni yakunladi. Qizil sayyoradagi sharoitlar simulyatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu haqda EADaily xabar berdi.
Tajriba Mars lanshaftiga o‘xshash bo‘lgan Mtspe-Ramon hududida bo‘lib o‘tgan. Loyiha D-MARS nomini olgan.
Tadqiqotchilar mamlakatning janubiy qismidagi cho‘l krateri tubida Mars stansiyasining modelini qurgan. Stansiya million yil avval Yer sathi eroziyasi natijasida yuzaga kelgan krater tubiga joylashtirilgan.
Tadqiqotchilar Yer sivilizatsiyasidan uzilgan holda quyosh batareyasidan quvvatlanadigan kompakt modelda yashagan, “Mars yuzasiga” skafandrda chiqqan.
Izoh (0)