NASA Xalqaro kosmik stansiyaning davlat tomonidan moliyalashtirilishini to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
NASA rahbari vazifasini bajaruvchi Robert Laytfutning ma’lum qilishicha, XKSning federal ta’minoti reja bo‘yicha 2025-yildan to‘xtatilishi kerak.
Shu bilan birga, NASA stansiyani xususiylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Boshqarma tijoriy tashkilotlarga o‘zining orbitadagi faoliyatini kengaytirishda yordam berish uchun 2019-yilda 150 million dollar so‘rashni ko‘zlamoqda.
Shuningdek, bu reja o‘n yarim milliard dollarni kosmosga sinov parvozlarini amalga oshirish uchun yo‘naltirishni ko‘zda tutadi. Buning ichiga 2023-yilga mo‘ljallangan Oy orbitasiga yuboriladigan missiya ham kiradi.
Izoh (0)