SpaceX kompaniyasi Falcon 9 eltuvchi raketalarini Ispaniyaning Hisdesat kompaniyasiga tegishli PAZ sun’iy yo‘ldoshi bilan birga uchirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Bunga qadar parvoz bir necha marta qoldirilgan edi. Falcon 9 ning birinchi ustuni allaqachon kosmosga parvoz uchun qo‘llangan.
PAZ sun’iy yo‘ldoshi Yevropaning Airbus konsorpsiumi tomonidan yaratilgan. Apparat kartografiya, atrof-muhit monitoringi, suv, yer va o‘rmon resurslari holatini baholash uchun mo‘ljallangan.
Falcon 9 Starlink loyihasi doirasida orbitaga ikkita tajriba yo‘ldoshini ham olib chiqishi kerak. Loyihaning yakuniy maqsadi Yerning uzoq hududlaridagi o‘n millionlab kishilarga internet aloqasini ta’minlash hisoblanadi. Buning uchun mazkur apparatdan bir necha mingta kerak bo‘ladi.
Izoh (0)