2017-yilda Ukrainadan O‘zbekistonga 9,4 million dollar miqdorida pul o‘tkazildi. Bu haqda, Ukraina Milliy banki e’lon qilgan ma’lumotlarga asoslanib, “Spot.uz” xabar bermoqda.
Ukrainadan pul o‘tkazilishi bo‘yicha O‘zbekiston Rossiya (516,1 million dollar), Gruziya (25,9 million dollar), Ozarbayjon (14,9 million dollar) va Xitoy (13,8 million dollar)dan so‘ng beshinchi bo‘lgan.
Avvalroq 2017-yil davomida Qozog‘istondan O‘zbekistonga jami 273,6 million dollar pul o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)