Namanganda ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan profilaktika inspektorlari o‘rtasida “Namunali tayanch punkti” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aholi gavjum joyda joylashgan, zamonaviy binoga ega, atrofida turli sport to‘garaklari, kichik biznes tuzilmalari bo‘lgan, jinoyatchilik kamayishiga erishgan Yangiqo‘rg‘on tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi tayanch punkti profilaktika inspektori Sherali Mahmudov tanlovda birinchi o‘rinni egalladi.
2017-yili O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur mahallaga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishgan, amalga oshirilishi zarur vazifalarni belgilab bergandi.
Ko‘rik-tanlovda Chortoq tumani, “Baliqko‘l” MFY tayanch punkti profilaktika inspektori Rahmatullo Sobitxonov ikkinchi, Namangan shahridagi “Gulshan” MFY tayanch punkti profilaktika inspektori Bahodir Satimov uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)