Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi 23-fevral kuni Suriyaning Afrin mintaqasidagi “Zaytun novdasi” operatsiyasi davomida yana 44 nafar terrorchi yo‘q qilinganligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Harbiy boshqarma bayonotiga ko‘ra, o‘ldirilgan terrorchilarning umumiy soni 1 873 nafarga yetgan.
“Qurolli kuchlar Afrinda ‘Zaytun novdasi’ operatsiyasi doirasida ‘Xalq o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari’, Kurdiston ishchi partiyasi, ‘Demokratik ittifoq’ partiyasi va IShID ekstremistik guruhi otryadlaridan 1 873 nafar terrorchini yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)