23-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Toshkentda metroni portlatish bilan tahdid qilishdi. “Agar turmush o‘rtog‘im farzandimni 20 daqiqa ichida olib kelib bermasa, metroda portlash sodir bo‘ladi”.
2. O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqidagi xabarlar rad etildi. Qodirov 2000—2015-yillarda bosh prokuror lavozimida ish olib borgan.
3. O‘zbekiston—Tojikiston chegarasidagi qator o‘tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi. Shuningdek, Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi Jartepa aholi punkti hududida chegara posti tashkil etiladi.
4. O‘zbekistonlik olimlar o‘zak hujayra transplantatsiyasini o‘zlashtirib, uni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ydi. 2017-yilda institutda besh nafar og‘ir qon kasalligi bilan xastalangan bemorga shu yo‘nalishda tibbiy yordam ko‘rsatildi.
5. Toshkent viloyati avtomobil yo‘llarida foto va video qayd etish tizimi ishga tushdi. Xabar berishlaricha, ushbu tizim yordamida bir sutkada jami 1051 ta qoidabuzarlik aniqlandi.
Bonusiga: O‘zbekiston televideniyesida namoyishi oxiriga yetmay to‘xtatilgan seriallar. “Sevgi iztirobi”dan “Mahobhorat”gacha!
Izoh (0)