Toshkent viloyatining Angren shahridagi dahalardan birida joylashgan uyda 20-fevral, soat 23:45 larda oilaviy janjal yuz berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Mojaroda uy bekasi, 1998-yilda tug‘ilgan M. O‘razaliyeva turmush o‘rtog‘i, 1993-yilda tug‘ilgan D. O‘razaliyevga pichoq urib, jarohat yetkazdi.
Jabrdiyda kasalxonaga yotqizildi, uning xotini qo‘lga olindi.
Izoh (0)