Oy atrofida aylanuvchi yangi Deep Space Gateway stansiyasi xalqaro loyiha sifatida e’lon qilinsa ham, AQShning loyihasi bo‘ladi. Boshqa barcha mamlakatlar, shu jumladan Rossiya ham ikkinchi darajali rol o‘ynaydi. Bu haqda Rossiya kosmonavtika akademiyasi a’zosi Andrey Ionin ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Avvalroq NASA rahbari vazifasini bajaruvchi Robert Laytfut 2022-yilda Oy orbitasida Deep Space Gateway kosmik infratuzilmasining qurilishi boshlanishi haqida ma’lum qilgan. Qurilish AQShda yaratilgan Lunar Orbital Platform-Gateway modulining uchirilishi bilan boshlanadi.
Izoh (0)