Google bilan birga Alphabet xoldingi tarkibiga kiruvchi Verily kompaniyasi yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishning yangi yo‘li haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda TJournal.
Mutaxassislar ko‘z shoxpardasini skaner qiladi va mashina o‘rganishi asosidagi algoritmni qo‘llagan holda muammoni aniqlaydi.
Verily algoritmi yuqori aniqlik bilan yurak bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlashi mumkin: yosh, jins, qon bosimi, bemor chekishi. Bu ma’lumotlar asosida sun’iy intellekt yurak-qon tomir kasalliklari rivojini prognoz qiladi.
Izoh (0)