ESET tomonidan taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, mobil qurilmalarga doimiy ravishda hujum uyushtiriladi, deb yozmoqda “Hi-tech Mail.ru”.
Ekspertlarning fikricha, Android foydalanuvchilariga uyushtiriladigan hujumlarda ko‘p qo‘llaniladigan vositalar “politsiya” tovlamachilari hisoblanadi. Bunda biror saytga kirish yoki ishonchsiz manbadan dastur yuklab olishga urinish vaqtida smartfon egasi ishonchsiz dasturiy ta’minot sababli qurilmaning blokirovka qilinishi haqida xabar oladi. Aslida bu ishning iloji yo‘q.
Bunday viruslar “politsiya viruslari” deb ataladi, chunki ular huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning rasmiy hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi. Bu qurbonlarda qo‘shimcha qo‘rquvni yuzaga keltiradi. Odam qo‘rqqandan keyin uni “jarima” to‘lashga majbur qilish yoki undan shaxsiy ma’lumotlarni talab qilish mumkin.
Izoh (0)