Qo‘shma Shtatlar Qora dengizdagi harbiy hozirlikni oshirmoqda va buni Rossiyaning mintaqadagi faolligi oshishiga zarur javob chorasi deb hisoblamoqda. Bu haqda 19-fevral kuni CNN telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
17-fevral, shanba kuni AQSh Harbiy-dengiz kuchlari esminetsi Carney Qora dengizga kirdi va u yerda hozir bo‘lgan Amerika harbiy kemasiga qo‘shildi.
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari 6-floti qo‘mondoni vitse-admiral Kristofer Gredi Qora dengizga bir yo‘la ikki kemani yuborish biror narsaga javob qaytarish emas, avvaldan qabul qilingan qaror ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)