Amerika tomoni Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbosning Yaqin Sharq bo‘yicha yangi xalqaro anjuman o‘tkazish haqidagi taklifiga qarshi chiqdi, deb yozadi “Interfaks” Isroilning Jerusalem Post gazetasiga tayanib.
AQSh tomonidan ishlab chiqilayotgan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha yopiq maslahatlashuvlarda Amerika vakillari — Donald Trampning kuyovi Jared Kushner, AQShning xalqaro muzokaralardagi vakili Jeyson Grinblatt va AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli diplomatlarning savollariga javoban, bunday anjumanga tayyorgarlik kamida bir yil vaqt olishini aytdi.
Shu bilan birga, Amerikaning tartibga solish rejasi qisqa vaqtlar ichida amalga oshirilishi mumkin, deb yozdi gazeta.
Shuningdek, qayd etilishicha, amerikaliklar Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida Isroil manzilgohlarining qurilishi tinchlik o‘rnatilishiga imkoniyat yaratmasligini tasdiqlagan. Shu bilan birga, ular avvalroq AQSh tomonidan taklif qilingan quriishlarni to‘xtatib qo‘yish g‘oyasi o‘zining mahsuldor emasligini isbotladi deb hisoblaydi, ammo ushbu g‘oya tartibga solish bo‘yicha yangi rejaga kiritilish-kiritilmasligi haqidagi savoldan o‘zlarini olib qochdi.
Izoh (0)