Amerikaning Bigelow Aerospace kompaniyasi bir nechta to‘liq avtonom kosmik stansiyani uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.
Kompaniya ikkita yashash mumkin bo‘lgan modul — B330-1 va B330-2 ustida ishlamoqda. Ular parvozga 2021-yilda tayyor bo‘ladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp XKSni 2024-yildan so‘ng moliyalashtirishni rad qilgandan so‘ng Bigelow Aerospace modullari ustidagi ish jarayonini faollashtirdi.
Kompaniya B330-1 va B330-2 modullaridan so‘ng Olympus modulini uchirishni rejalashtirmoqda. 2016-yilda Bigelow XKSga yashash mumkin bo‘lgan modulni uchirdi. Uning sinov muddati ikki yildan iborat.
Izoh (0)