Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi xonadonlardan birida ro‘y bergan oilaviy janjal oqibati ayanchli tugadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
18-fevral, soat 11:30 larda Niyozbek yo‘li ko‘chasi, 29-uyda yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan Omilbek Hamidov mojaro asnosida akasi, 1977-yilda tug‘ilgan Oybek Hamidovga pichoq urib, jarohat yetkazdi.
Oybek Hamidov kasalxonaga yotqizildi. Omilbek Hamidov esa qo‘lga olindi.
Izoh (0)