Bog‘cha tarbiyachilarining dunyoqarashini imkon qadar tezroq o‘zgartirish — Prezident Shavkat Mirziyoyevning eng katta tashvishlaridan biridir. Bu haqda u Buxoro shahridagi 54-maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrifi davomida aytib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyevning bog‘chaga tashrifidan lavhalar “O‘zbekiston 24” telekanali orqali namoyish etildi. Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, ushbu bog‘chada tajriba tariqasida qisqa muddatli boshlang‘ich rivojlantirish markazi tashkil etilgan bo‘lib, Davlat rahbariga uning faoliyati haqida ma’lumot berilgan.
Dunyoqarashimizni o‘zgartira olamizmi-yo‘qmi? Ota-onaning berolmaganini bera olamizmi, yo‘qmi? Ota-ona o‘z yo‘liga, jamiyat rozi bo‘ladimi-yo‘qmi?O‘zAning qo‘shimcha qilishicha, Prezident mazkur muassasani viloyatdagi bog‘chalar uchun metodik tajriba almashish markaziga aylantirish, sohani yetuk mutaxassislar bilan ta’minlash, xususan, pedagogika kollejini tugatgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslariga yuborib, ularni bolalar bog‘chalariga ishga joylashtirish yuzasidan topshiriqlar bergan.Hamma har xil metodik uslub bilan bolalarni tarbiya qilyapti. Muassasa bor, tarbiya esa yo‘q. Bolalar bu yerda shunchaki vaqtini o‘tkazyapti.
Men eng katta tashvishim — buni takror va takror aytyapman — tarbiyachilarning dunyoqarashini tezroq o‘zgartirishdir.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Izoh (0)