Suriya hukumat qo‘shinlarining Sharqiy Guta deeskalatsiya zonasiga bergan zarbasi oqibatida 71 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Shuningdek, 325 kishi jarohatlandi.
Zarba zonaning qaysi qismiga berilgani aniqlashtirilmayapti. Bir muddat oldinroq Britaniya monitoring komissiyasi Damashq yaqinida ixtilof keskinlashib ketganini qayd qilgan edi.
Suriya rasmiylari bu borada biror izoh bermadi.
Izoh (0)