Shavkat Mirziyoyev Isfahon viloyatida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va Eron xalqiga hamdardlik bildirdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 18-fevral kuni Tehrondan Yasuj shahriga uchayotgan vaqtida Eronning ATR 72-600 rusumli samolyoti Isfahon viloyatining tog‘li hududi yaqinida qulab tushgan va samolyot bortidagi 66 kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)